Jahon
Fransiyada Ebola virusiga chalingan ilk bemor sog‘ayib, shifoxonadan chiqarildi
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Stefani Rist mamlakat hududida Ebola virusi aniqlangan ilk bemor to‘liq sog‘ayganini ma’lum qildi. U davolanishni muvaffaqiyatli yakunlab, shifoxonadan javob berilgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bemor ketma-ket o‘tkazilgan ikkita PZR (PCR) testi manfiy natija ko‘rsatganidan so‘ng sog‘aygan deb topilgan va xavfsiz tarzda uyiga qaytgan.
Bemor Kongodan Fransiyaga uchib kelgan
Sog‘aygan bemor gumanitar tashkilot shifokori bo‘lib, u 23-iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasidan Fransiyaga samolyotda uchib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, u parvoz boshlanishida faqat yengil bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Biroq parvoz davomida uning ahvoli yomonlashgan.
Fransiyaga yetib kelishi bilan bemor darhol izolyatsiyaga olingan. U bilan aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan besh kishi ham ehtiyot chorasi sifatida 21 kun davomida uy sharoitida izolyatsiyada saqlangan.
Kasallik yengil alomatlar bilan kechgan
Stefani Ristning ta’kidlashicha, bemorda kasallik yengil alomatlar bilan kechgan. U doimiy tibbiy kuzatuv ostida bo‘lgan va barcha sanitariya protokollariga qat’iy rioya qilingan.
Kongoda Ebola qurbonlari soni ortmoqda
Ebola virusi gemorragik isitmani (ichki va tashqi qon ketishlar bilan kechuvchi og‘ir yuqumli kasallik) keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu kasallik ko‘pincha o‘lim bilan yakunlanadi.
Virus oson yuqadigan infeksiya hisoblanmasa-da, 3-iyul holatiga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida davom etayotgan epidemiya oqibatida kamida 452 kishi vafot etgan.
Kasallik tarqalishi davom etmoqda. Yaqinda epidemiya markazidan qariyb 600 kilometr uzoqlikda joylashgan Kisangani shahrida ham Ebola infeksiyasining yangi holati rasman tasdiqlangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


