Buxoro yangiliklari

Bugun Qorovulbozorliklarga 10 milliondan ortiq yordam pullari tarqatildi

photo 02 31

Loading

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati mamlakatimizdagi keksa jamoat tashkiloti hisoblanadi. Jamiyat o‘z faoliyatida insonparvarlik tamoyillariga tayanadi. Qizil Xoch va Qizil Yarimoy xalqaro harakatining ajralmas qismi bo‘lgan ushbu tashkilot o‘z jamg‘armasiga tushayotgan xayriya mablag‘larini ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz qariyalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirib kelmoqda. Jamiyat xodimlari, ko‘ngillilari hamda mehr-shafqat hamshiralari tomonidan o‘zgalar g‘amxo‘rligi va ko‘magiga muhtoj kishilar tibbiy-psixologik qo‘llab-quvvatlanmoqda. Aholining birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Buxoro viloyat tashkilot rahbari Shahodat Ixtiyorova boshchiligidagi mas’ul xodimlar Qorovulbozor tumaniga tashrif buyurib tumandagi 19 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga hamda nogironligi mavjud fuqarolarga 561 200 dan jami 10 662 800 so‘m miqdoridagi insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.