Mashhurlar
O‘zbek shou-biznesi vakillarining mashhur kelinlari (foto)
O‘zbek shou-biznesi vakillarining mashhur kelinlari haqida bilasizmi? Daryo maqolasi orqali taniqli o‘zbek san’atkorlarining el tanigan kelinlari haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbekiston xalq artisti, marhum hofiz Karim Zokirovning kelini aktrisa Gavhar Zokirova bo‘ladi. U 1971-yilda Karim Zokirovning taniqli o‘g‘li, aktyor Jamshid Zokirovga turmushga chiqqan.

O‘zbekiston xalq hofizi, marhum Ma’murjon Uzoqovning mashhur kelini aktrisa Shohida Uzoqova. Aktrisa hofizning tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan marhum o‘g‘li, aktyor Muhammadjon Uzoqov bilan oila qurgan.

Mehribon buvi obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Manzura Hamidovaning kelini hamkasbi Gulsara Dehqonova bo‘ladi. U bugungi kunda yosh tomoshabinlar teatrida truppa boshlig‘i sifatida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Rixsi Ibrohimovaning kelini mashhur “Uy vazifasi” ko‘rsatuvi boshlovchisi Hilolaxondir. U bundan bir necha yillar avval aktrisaning yolg‘iz o‘g‘li A’zamxo‘ja bilan turmush qurgan.

Marhum o‘zbek aktyori Rixsivoy Avazovning kelini esa xonanda Ma’mura Avazova bo‘ladi. Ushbu xonanda aktyorning kenja o‘g‘liga turmushga chiqqan.

Taniqli baletmeyster Karima Uzoqovaning kelini o‘zining shogirdi, raqqosa Muhabbat Qurbonova. Raqqosa 2010-yilda ustozining o‘g‘li bilan turmush qurgan.

Taniqli kinorejissyor Zebo Navro‘zovaning kelini aktrisa Asal Shodiyeva. Aktrisa 2016-yilda Zebo Navro‘zovaning to‘ng‘ich o‘g‘li, xonanda Shohruhxonga turmushga chiqqan.

Xonanda Guli Asalxo‘jayevaning kelini yosh aktrisa Asal Abdullayeva bo‘ladi. U xonandaning taniqli o‘g‘li Jahongir Xo‘jayev bilan 2022-yilda oila qurgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirovaning kelini yosh, iste’dodli aktrisa Dilbar Ma’murova. Ra’no Zokirovaning o‘g‘li, aktyor Umid Zokirov 2022-yilda aktrisa bilan oila qurgan.

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Botir Muhammadjonovning kelini xonanda Afruza. Xonanda 2024-yilda aktyorning o‘g‘li Behruz Ahmedov bilan oila qurgan.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi



