Qiziqarli
Yevrokomissiya: Facebook va Instagram foydalanuvchilarda qaramlikni kuchaytiradi
Yevrokomissiya Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instagram platformalarini foydalanuvchilarda qaramlikni kuchaytiruvchi dizayndan foydalanayotganlikda aybladi. Regulyatorning dastlabki xulosasiga ko‘ra, kompaniya Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (DSA) talablarini buzgan bo‘lishi mumkin.
Agar ushbu xulosa yakuniy qarorda ham tasdiqlansa, Meta kompaniyasiga milliardlab yevro miqdorida jarima solinishi ehtimoli bor.
Qaysi funksiyalar e’tirozga sabab bo‘ldi?
Yevrokomissiya e’tiroz bildirgan funksiyalar qatoriga cheksiz lenta (infinite scroll), videolarning avtomatik ijro etilishi, push-bildirishnomalar hamda yuqori darajada shaxsiylashtirilgan tavsiya algoritmlari kiradi.
Mutaxassislar fikricha, bunday imkoniyatlar foydalanuvchilarni platformadan uzoqlasha olmaydigan holatga olib keladi va videolarni me’yordan ortiq tomosha qilishga undaydi.
Yevrokomissiyaning texnologik suverenitet, xavfsizlik va demokratiya masalalari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Xenna Virkkunenning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar avvalo foydalanuvchilarning jismoniy va ruhiy salomatligini himoya qilishi kerak.
Voyaga yetmaganlar uchun xavf yetarlicha baholanmagan
2024-yil may oyida boshlangan tekshiruv davomida Meta platformalari foydalanuvchilar, ayniqsa o‘smirlar va himoyaga muhtoj shaxslarning ruhiy hamda jismoniy salomatligiga yetkazishi mumkin bo‘lgan xavflarni to‘liq baholamagan degan xulosaga kelingan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, kompaniya o‘smirlarning tungi vaqtda Instagram va Facebook’da qancha vaqt o‘tkazayotgani hamda Reels va Stories kabi formatlar foydalanuvchilarda me’yordan ortiq foydalanish odatini shakllantirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga yetarlicha e’tibor qaratmagan.
Mavjud himoya vositalari yetarli emas
Yevrokomissiya Meta tomonidan joriy etilgan ekran vaqtini boshqarish vositalari ham kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.
Regulyator fikricha, o‘smirlar uchun avtomatik yoqilgan vaqt cheklovlarini osonlik bilan chetlab o‘tish mumkin. Ota-onalar nazorati funksiyalari esa texnik bilimga ega va sozlamalarni yaxshi tushunadigan foydalanuvchilar uchungina samarali hisoblanadi.
Meta’dan platformalar dizaynini o‘zgartirish talab qilinmoqda
Yevrokomissiya kompaniyadan Facebook va Instagram dizayniga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Xususan, videolarning avtomatik ijrosini va cheksiz lentani sukut bo‘yicha o‘chirib qo‘yish, foydalanuvchilar uchun samarali ekran tanaffuslarini joriy etish hamda tavsiya algoritmlarini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilgan.
Hozircha bu faqat dastlabki xulosa hisoblanadi. Meta tergov materiallari bilan tanishib chiqishi va yozma izoh taqdim etishi mumkin.
Agar kompaniya qonunni buzgan deb topilsa, unga yillik global daromadining 6 foizigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi mumkin. Kompaniyaning 2025-yildagi daromadi qariyb 201 milliard dollarni tashkil etganini hisobga olganda, jarima miqdori 11 milliard yevrodan oshishi mumkin.
Shuningdek, Yevrokomissiya Meta platformalarida 13 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning yoshini tasdiqlash mexanizmlari bo‘yicha alohida tekshiruvni ham davom ettirmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


