Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (14.07.2026)
2026-yilning 14-iyul, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Faqat dangasalikni nari hayday bilsangiz bas. Qolgan muammolar sizga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Eng og‘ir va chalkash vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling. Ish masalasida ham, shaxsiy hayotda ham o‘zgalarning maslahat va yordamlariga suyanishingiz tavsiya etiladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Shaxsiy hayotda yetakchilik va tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling. Shunda yaqinlaringiz bilan munosabatlarda o‘zingiz istagan natijaga ega bo‘lasiz.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan noqulaylik tug‘diradigan vaziyatlar, sabablardan nari bo‘ling. Aks holda muammolar girdobida qolib ketishingiz mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Tanani muzdek suvda chiniqtirish, quyoshda toblanish kabi mashg‘ulotlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy zo‘riqishlarni nari haydashda ham katta foyda beradi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Muhabbat bobida jiddiy qarorlar chiqarishingizga to‘g‘ri kelsa, nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Taqdiringizni izdan chiqaruvchi qarorlar qabul qilib, keyin pushaymon bo‘lib yurmang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Salomatlikni tiklash uchun tanani turli yo‘llar bilan chiniqtirish payida bo‘ling. Parhezni ham unutib qo‘ymang. Spirtli ichimliklarni zinhor iste’mol qila ko‘rmang.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun o‘zingizni haqiqiy ustasi deb bilgan ishlargagina qo‘l uring. Esda tuting, arzimas xato ham professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlaringizga, kelajak maqeingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kunning ikkinchi yarmida kutilmaganda qarindoshlardan biri uyingizga mehmon bo‘lib kelishi yoki yaqin do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilib, yoqimsiz xabar yetkazishi mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun oldindan rejalashtirilgan ishlar, g‘oyalar amalga oshmasligi mumkin. Lekin kuningiz quvnoq o‘tishi tayin.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
O‘zingizni boshqalarga ideal qilib ko‘rsatishdan nari bo‘ling. Sizga kamtarlik yarashadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Har bir ishni nihoyatda mehr bergan holda amalga oshiring. Mayli, o‘zgalar siz haqingizda nima deb o‘ylasa o‘ylayversin. Siz o‘z bilganingizdan qolmang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


