Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (01.08.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 1-avgust, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun hayotingizda yuzaga keladigan har qanday vaziyatlarga faylasufona munosabatda bo‘ling. Hatto, ko‘ngilsizliklarga duch kelsangiz ham, taqdirga qarshi borish harakatiga tushmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun asosiy vaqtingizni bilim olish, tajriba almashish va professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etishdagi yangi usullarni topishga bag‘ishlasangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ishda ham, ko‘cha-yu, oilada ham obro‘yingizni, o‘rningizni saqlab qolishga harakat qiling. Bu ishni qanday tarzda amalga oshirish o‘zingizga ma’lum.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Siz kuni kecha bajargan yumushlar evaziga rahbariyat mukofot e’lon qilgan bo‘lib chiqishi mumkin. Bu, shubhasiz, kuchingizga kuch, g‘ayratingizga g‘ayrat qo‘shadi. Olg‘a bosishda davom eting.

Arslon (24.07 — 23.08)
Oilaviy hayotda har bir ishni reja bo‘yicha amalga oshirsangiz, juftingiz va sizning orangizdagi munosabatlarga putur yetmagan bo‘lardi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Kun davomida mayda-chuyda yumushlarni ado etish bilan band bo‘lishingiz mumkin. Qarindoshlar bilan munosabatlarda muammo yuzaga kelish ehtimoli bor.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ish ko‘p, buni hamma tushunadi. Lekin dam olish ham muhim. Bu ham barchaga ayon. Shunday ekan, kun mobaynida atigi bir soatgina vaqt ajratib, tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. S

Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun chayon burji vakillari keskin harakatlar sodir etmasliklari tavsiya qilinadi. Bu sog‘lig‘ingizga putur yetkazadi. Uydagilarga, hamkasblar va juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Boshingizdan o‘tadigan har bir voqea-hodisani boricha qabul qiling. Yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham emotsiyaga erk berib qo‘yishdan tiyiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tushdan keyin kutilmagan daromad qo‘lingizga kelib tushishi mumkin. Bu daromadni ko‘rpa qatiga berkitib tashlaganingiz ma’qul. Yaxshi kunlarda asqotib qoladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Esda tuting, bugun har qanday ko‘rinishdagi faollik sizga faqat zarar hadya etadi. Bu hayot qonuni. Uni rad etishga siz-u biz ojizlik qilamiz. Har bir ish, istak, orzu puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan holda haqiqatga aylantirilishi kerak.

Baliq (20.02 — 20.03)

Baliq burji ostida tug‘ilgan ayollar va qizlar tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor bilan yondashishlari tavsiya etiladi. Chunki bugun kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.