Sport

Superliga budjet sovurish musobaqasimi? “Buxoro” futbol klubiga mahalliy budjetdan 5 mlrd soʻm ajratilgan. Viloyat hokimligi izoh berdi

pic
Foto: “Buxoro” PFK

Loading

Kuni kecha internetdagi bir nechta resurslarda “Superliga budjet sovurish musobaqasimi? Buxoro futbol klubiga mahalliy budjetdan 5 mlrd. soʻm ajratilgan” mazmunida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati bu borada Buxoroisharif.uz internet nashriga rasmiy munosabat berid.

Mazkur masala boʻyicha qaror amaldagi qonunchilik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–107-son Qarori talablari asosida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining tegishli qarori bilan qabul qilingan.

Prezident qaroriga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga professional futbol klublarining moliyaviy faoliyatini taʼminlash maqsadida mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari hisobidan mablagʻ ajratish huquqi berilgan. Xususan, mazkur qarorning 10-bandida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional futbol klublariga koʻmakchi sifatida biriktirilsin. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari professional futbol klublariga moliyaviy faoliyatini taʼminlash uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha daromadlari mablagʻlarini ajratib borishiga ruxsat beriladi” deb koʻrsatib oʻtilgan.

Shu asosda “Buxoro” futbol klubini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ajratilgan. Ajratilgan mablagʻ mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirilgan boʻlib, bunda taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, kommunal xoʻjalik hamda infratuzilma obyektlarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar qisqartirilmagan.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, “Buxoro” futbol klubini qoʻllab-quvvatlashdan koʻzlangan maqsad viloyatda ommaviy va professional sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, futbol infratuzilmasini takomillashtirish hamda klubning musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashdan iborat. Shu bilan birga, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq moliyaviy nazorat va audit mexanizmlari toʻliq qoʻllaniladi.

Buxoro viloyati hokimligi budjet mablagʻlaridan qonuniy, maqsadli va shaffof foydalanish tamoyillariga qatʼiy amal qiladi hamda jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarga hurmat bilan qaraydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.