Buxoro yangiliklari

Buxorolik shifokor Maqsudjon Ergashov yuqumli kasalliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqotini yakunladi

buxoro maqsudjon ergashov 23 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro tibbiyoti tizimida amaliyot va ilm-fanni uyg‘unlashtirib kelayotgan mutaxassislar safi yana bir ilmiy daraja egasi bilan kengaydi. Ergashov Maqsudjon Muzaffarovich yuqumli kasalliklar sohasida olib borgan tadqiqoti natijasida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini yakunladi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Maqsudjon Ergashov 1993-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 2018-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan.

2018–2020-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida “Bolalar yuqumli kasalliklari” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. Hozirda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 7-oilaviy poliklinikada shifokor-infeksionist bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

Uning ilmiy tadqiqoti “SARS-CoV-2 bilan bog‘liq pnevmoniya istiqbolini belgilashda C-reaktiv oqsil, prokalsitonin va sitokinlarning ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadqiqot 14.00.10 — “Yuqumli kasalliklar” ixtisosligi doirasida olib borilgan. Ish koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pnevmoniya kechishini oldindan baholash, kasallik og‘irligini aniqlash va bemorlarni davolash taktikasini belgilash uchun ahamiyatli ekani qayd etildi.

Ilmiy izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, bemor holatini to‘g‘ri baholash hamda davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.