Buxoro yangiliklari

Buxorolik voleybolchi qizlar respublika bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi

buxoro voleybol bronza 23 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Termiz shahridagi Kurash majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqada 16–21 yosh hamda 22–30 yosh toifalarida mamlakatning turli hududlaridan jami 280 nafar qiz qatnashdi. Respublika bosqichidagi murosasiz bahslarda Buxoro viloyati vakillari ham sovrinli natijaga erishdi.

16–21 yosh toifasida Buxoro shahri “Yoshlik” mahallasi jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Buxorolik voleybolchilar respublika bosqichida viloyat sharafini munosib himoya qildi. Natija mahalla jamoasi uchun mamlakat miqyosidagi muhim sport yutug‘i bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Buxoro jamoasi sportchilari va ularning murabbiylari erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.