Buxoro yangiliklari

Qorako‘lning uch mahallasida ichimlik suvi 30 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirilmoqda

buxoro qorakol suv 23 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari Qorako‘l tumanida ichimlik suvi sifatini o‘rganish uchun namunalar oldi. Bu haqda Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tekshiruv Zarafshon, Regihaydar va Bandboshi mahallalarida aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining O‘zMSt 133-2024 talablariga mosligini aniqlash maqsadida o‘tkazildi. Namunalar mahallalardagi suv inshootlari, tarmoqlar va aholi xonadonlaridan olindi.

Zarafshon mahallasida 976 ta xonadon va 3 ming 798 nafar aholi bor. Hududda bir maktab hamda bir bog‘cha faoliyat yuritadi.

Regihaydar mahallasida 1 ming 14 ta xonadon va 3 ming 854 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu yerda maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinika mavjud.

Bandboshi mahallasida 1 ming 125 ta xonadon va 4 ming 285 nafar aholi bor. Mahallada bir maktab va bir bog‘cha faoliyat ko‘rsatadi.

Olingan suv namunalari bo‘yicha 15 ta biologik hamda 15 ta kimyoviy ko‘rsatkichni aniqlash rejalashtirilgan.

Namunalar Qorako‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati laboratoriyasiga yuborildi. Tahlil natijalari yuzasidan ma’lumot inspeksiyaning markaziy apparatiga taqdim etiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.