Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda 7,8 milliard so‘mlik sport obyektlari yangilanmoqda

gijduvon sport 24 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘ijduvon tumanida umumiy qiymati 7,8 milliard so‘mlik to‘rtta sport infratuzilmasi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov tumandagi sport obyektlarida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

Zarafshon mahallasidagi “Zarafshon” sport majmuasi futbol maydonida “Ochiq budjet” dasturi doirasida 1,5 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Pozagari mahallasida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 400 million so‘mga zamonaviy futbol maydoni bunyod etilmoqda.

 

G‘alaba mahallasidagi “Paxtakor” markaziy o‘yingohida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” dasturi asosida 3 milliard 400 million so‘mlik loyiha doirasida futbol maydoni rekonstruksiya qilinmoqda.

 

Soktari mahallasidagi “Soktari” sport majmuasida esa 1 milliard 500 million so‘m evaziga rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

 

O‘rganish davomida ishlar sifati, qurilish sur’ati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi tekshirildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Loyihalar yakunlangach, G‘ijduvon tumanida aholi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.