Buxoro yangiliklari

Shofirkonda farzandi bilan bedarak yo‘qolgan ayol Romitandan topildi

bux 28 21 cover 01
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Shofirkon tumani “Sultonobod” mahallasida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan H. X. ikki yoshli o‘g‘li bilan yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketgani yuzasidan qidiruv e’lon qilingan edi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari natijasida ayol Romitan tumani markazidagi “Dehqon bozori” hududida joylashgan nonvoyxonalardan birida ishlab yurgani aniqlandi. U farzandi bilan eson-omon topildi.

Hozirda holatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va uni belgilangan tartibda rasmiylashtirish maqsadida mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ichki ishlar boshqarmasi qidiruv jarayonida amaliy yordam ko‘rsatgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.