Buxoro yangiliklari

Romitanda bolalar reanimatsiyasi bo‘limining yangi qismi ishga tushirildi

cover 15 15
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Romitan tuman tibbiyot birlashmasida bolalar reanimatsiyasi bo‘limining zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan yangi qismi foydalanishga topshirildi. Yangi sharoitlar og‘ir ahvoldagi bolalarga shoshilinch va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Yangi qismning ochilishida Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Muxsin Rajabov, Romitan tumani hokimi Umed Barnoev, tuman prokurori Farrux Atoev, tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Romitan tuman tibbiyot birlashmasi binosi

Avval bolalar reanimatsiyasi tibbiyot birlashmasining chekka binosi ikkinchi qavatida, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limidan ancha uzoqda joylashgan edi. Bu holat og‘ir bemorlarni tezkor qabul qilish, diagnostikadan o‘tkazish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatishda noqulaylik tug‘dirgan.

Bolalar reanimatsiyasi bo‘limining yangi qismi

Ayniqsa, yozning issiq va yog‘ingarchilikli kunlarida bu qiyinchiliklar yanada sezilarli bo‘lgan. Endilikda bolalar reanimatsiyasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yaqin, kattalar reanimatsiyasiga tutash hududdagi zamonaviy sharoitlarga moslashtirilgan qismda faoliyat yuritadi.

Romitandagi yangi bolalar reanimatsiyasi yo‘lagi

Yangi joylashuv og‘ir ahvoldagi bemorlarni tezkor qabul qilish, zarur diagnostikani o‘tkazish va samarali davolash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratdi.

Yangi bo‘lim bilan tanishgan mutasaddilar

Bo‘lim 6 o‘ringa mo‘ljallangan. Unda 6 nafar reanimatolog-vrach, 22 nafar hamshira va 15 nafar kichik tibbiy xodim faoliyat yuritmoqda.

Romitan tibbiyot birlashmasi hamshiralari

2026-yil boshidan buyon bolalar reanimatsiyasi bo‘limida 320 nafardan ortiq bemor davolangan.

Bolalar reanimatsiyasi bo‘limi tibbiyot xodimlari

Yaratilgan yangi sharoitlar bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, og‘ir bemorlarni davolash samaradorligini ta’minlash va tibbiyot xodimlari uchun qulay mehnat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.