Buxoro yangiliklari

Buxoroda kartoshka importi 31 foizga kamayib, 24 ming tonna mahsulot zaxiraga jamg‘arildi

bux 29 15 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatida 2026-yilning yanvar–iyun oylarida kartoshka importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga kamaydi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Aholining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan ta’minlash, mavsumiy talabni qoplash va bozorlarda narx barqarorligini saqlash uchun ekin maydonlari hamda zaxira hajmlari oshirilmoqda.

Buxoro viloyatida yetishtirilgan kartoshka

2026-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 10 753 gektar asosiy maydoniga kartoshka ekildi. Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yilning birinchi yarmida 243,6 ming tonna mahsulot yetishtirilib, har gektardan o‘rtacha 226,5 sentner hosil olindi.

Kartoshka hosili

2025-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatga 424 tonna, qiymati 52 ming AQSH dollarilik kartoshka import qilingan edi. 2026-yilning shu davrida esa Eron va Pokistondan jami 293 tonna, qiymati 32,5 ming AQSH dollarilik mahsulot olib kelindi.

Kartoshka dalasi va hosil

Natijada import hajmi 131 tonnaga yoki 31 foizga qisqardi. Mahalliy ishlab chiqarishning o‘sishi ichki bozor talabini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Omborga joylanayotgan kartoshka mahsuloti

Kuz-qish mavsumida markaziy dehqon bozorlarini uzluksiz ta’minlash va narxlarning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hosilning 24 ming tonnasi 45 ta sovutkichli omborxonaga joylashtirildi.

Yetishtirish hajmining yuqoriligi, importning qisqarishi va mavsumiy zaxiralarning shakllantirilishi viloyat aholisini kartoshka bilan barqaror ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.