Buxoro yangiliklari
Buxoro va Surxondaryo turizm vakillari hamkorlik memorandumini imzoladi
Buxoro va Surxondaryo viloyatlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Hujjat ikki tomonlama sayyohlik oqimini oshirish, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish, turoperatorlar hamkorligini kengaytirish hamda Buxoro–Sariosiyo–Buxoro aviaqatnovlarida yo‘lovchilar sig‘imini ko‘paytirishga qaratilgan.

Memorandum Surxondaryo viloyatida buxorolik turoperatorlar va gid-ekskursovodlar uchun tashkil etilgan ikki kunlik infotur doirasida imzolandi. Tashrif ikki hududning turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilish va amaliy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Infotur Buxoro–Sariosiyo–Buxoro yo‘nalishida aviaqatnovlarni muntazam yo‘lga qo‘yish va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchilar oqimini oshirish maqsadida tashkil qilindi. Unda Buxoro viloyatidan bir guruh turoperator va gid-ekskursovod qatnashdi.

Tashrif davomida delegatsiya Surxondaryoda yaratilgan turistik infratuzilma bilan tanishdi. Ishtirokchilar tarixiy suv tegirmoni, Yonar buloq, Xo‘jamayxona ziyoratgohi, Tangisar darasi, Sangardak sharsharasi hamda osma dor yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, hududdagi milliy hunarmandchilik, gastronomiya, sayyohlar uchun xizmat turlari va mahalliy tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Bu imkoniyatlar turizm sohasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tomonlar erishgan kelishuv yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish, ikki viloyat o‘rtasidagi safarlarni ko‘paytirish va turoperatorlarning qo‘shma loyihalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lishi kutilmoqda.

-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


