Buxoro yangiliklari

Buxoro va Surxondaryo turizm vakillari hamkorlik memorandumini imzoladi

cover tourism
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro va Surxondaryo viloyatlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Hujjat ikki tomonlama sayyohlik oqimini oshirish, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish, turoperatorlar hamkorligini kengaytirish hamda Buxoro–Sariosiyo–Buxoro aviaqatnovlarida yo‘lovchilar sig‘imini ko‘paytirishga qaratilgan.

Buxoro va Surxondaryo turizm vakillari hamkorlik memorandumi bilan

Memorandum Surxondaryo viloyatida buxorolik turoperatorlar va gid-ekskursovodlar uchun tashkil etilgan ikki kunlik infotur doirasida imzolandi. Tashrif ikki hududning turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilish va amaliy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Buxorolik turizm vakillari Surxondaryodagi infoturda

Infotur Buxoro–Sariosiyo–Buxoro yo‘nalishida aviaqatnovlarni muntazam yo‘lga qo‘yish va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchilar oqimini oshirish maqsadida tashkil qilindi. Unda Buxoro viloyatidan bir guruh turoperator va gid-ekskursovod qatnashdi.

Infotur ishtirokchilari Surxondaryodagi turizm infratuzilmasida

Tashrif davomida delegatsiya Surxondaryoda yaratilgan turistik infratuzilma bilan tanishdi. Ishtirokchilar tarixiy suv tegirmoni, Yonar buloq, Xo‘jamayxona ziyoratgohi, Tangisar darasi, Sangardak sharsharasi hamda osma dor yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

Surxondaryodagi turistik maskanlardan biri

Shuningdek, hududdagi milliy hunarmandchilik, gastronomiya, sayyohlar uchun xizmat turlari va mahalliy tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Bu imkoniyatlar turizm sohasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Turizm sohasi vakillari memorandum almashmoqda

Tomonlar erishgan kelishuv yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish, ikki viloyat o‘rtasidagi safarlarni ko‘paytirish va turoperatorlarning qo‘shma loyihalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lishi kutilmoqda.

Hamkorlik memorandumi ishtirokchilari

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.