Buxoro yangiliklari
Buxoroda tufli poshnasiga yashirilgan tilla taqinchoqlar aniqlandi
Buxoro viloyatining “Olot” chegara bojxona postida avgust oyining o‘zida qariyb 290 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib kirishga urinish bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlandi. Ulardan birida ayol qimmatbaho buyumlarni hatto oyoq kiyimining poshnasiga yashirgan.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy davlatdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolardan biri bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng u inson tanasini skanerlovchi “Body scanner” qurilmasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida ayolning oyoq kiyimi poshnasi ichiga 39 gramm tilla taqinchoqlar yashirilgani aniqlangan. Shu tariqa zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinish fosh etilgan.
Yana bir holatda esa xorijiy davlat fuqarosi O‘zbekiston hududiga keyinchalik sotish maqsadida 110 gramm zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Umuman, avgust oyi davomida birgina “Olot” chegara bojxona postida 4 ta shunday holat qayd etilgan. Ularda noqonuniy ravishda olib kirishga urinishning oldi olingan tilla taqinchoqlarning umumiy og‘irligi 247,68 gramm, qiymati esa qariyb 290 million so‘mni tashkil qilgan.
Bojxona chegarasi orqali qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini olib o‘tishda belgilangan tartiblarga rioya qilish nafaqat qonun talabi, balki fuqarolarning o‘z manfaatlari hamda olib o‘tilayotgan buyumlarning qonuniy himoyasini ta’minlash uchun ham muhim.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonga piyoda kirib kelayotgan jismoniy shaxslar 300 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan fuqarolarga shaxsiy ehtiyojlari uchun umumiy og‘irligi 65 grammgacha bo‘lgan tilla taqinchoqlarni bojxona to‘lovlarisiz olib chiqishga ruxsat etilgan.
Chegaradan o‘tayotganda belgilangan me’yorlardan ortiq yoki tijorat maqsadida olib ketilayotgan zargarlik buyumlarini yashirish esa bojxona nazoratidan chetlab o‘tish sifatida tegishli tartibda huquqiy baholanishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


