Buxoro yangiliklari

Peshkuda ehtiyojmand oilalarga issiqxona qurish uchun materiallar ajratilmoqda

greenhouse 179706 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Peshku tumanida ehtiyojmand xonadonlarda ixcham issiqxonalar tashkil etish ishlari kengaytirilmoqda. Aholi bandligini ta’minlash va oilalarga barqaror daromad manbai yaratishga qaratilgan tashabbus doirasida zarur qurilish materiallari ajratilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripovning topshirig‘iga ko‘ra, har bir oilaning ijtimoiy holati, xonadon ixtiyoridagi yer maydoni, mavjud imkoniyatlari va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga qiziqishi alohida o‘rganildi.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Shu asosda har bir xonadon uchun eng maqbul yechim belgilanib, zarur materiallar bilan ta’minlash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Qurilish materiallari issiqxonani fuqarolarning o‘zlari qurishi sharti bilan berilmoqda. Bu yondashuv aholining tashabbuskorligini oshirish, o‘z mehnati orqali daromad topishga rag‘batlantirish va ajratilgan ko‘makdan samarali foydalanishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Ixcham issiqxonalarda pomidor, bodring, qalampir, turli ko‘katlar va ko‘chatlar yetishtirish rejalashtirilgan. Mahsulotlarni oila ehtiyojlari uchun ishlatish bilan birga, ichki bozorda sotib, qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham yaratiladi.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Issiqxonalardan yil davomida samarali foydalanish, mavsumiy ekinlarni navbatlab ekish va mahsulot yetishtirish orqali xonadonlarning daromad manbasini barqarorlashtirish maqsad qilingan.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Tashabbus oilalarga bir martalik yordam berish bilan cheklanmaydi: asosiy maqsad ularni o‘z mehnati, tashabbusi va tadbirkorligi orqali barqaror daromad topishga yo‘naltirishdan iborat.

Peshkuda ixcham issiqxonalar uchun qurilish materiallari ajratilishi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.