Buxoro yangiliklari

Kogon tumanida temir yo‘l ostidan 25 metrlik piyodalar tuneli foydalanishga topshirildi

kogon tunnel cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon tumanining “Niyozhoji” va “Navro‘z” mahallalaridan o‘tgan temir yo‘l tarmog‘ida yangi yer osti piyodalar o‘tish tuneli foydalanishga topshirildi. Inshoot “Buxoro-1–To‘dako‘l” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3966-kilometri PK-5 yo‘nalishida joylashgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Loyiha piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, shuningdek, temir yo‘l kesishmalarining taqiqlangan hududlaridan noqonuniy va xavfli o‘tish holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Yer osti yo‘lagining balandligi va eni ikki metrdan, umumiy uzunligi esa 25 metrdan iborat.

Tunel mustahkam temir-beton konstruksiyalar bilan qoplangan hamda yuqori xavfsizlik talablariga muvofiq barpo etilgan.

Tungi vaqtda ham piyodalar bemalol harakatlanishi uchun inshoot zamonaviy, quyosh energiyasida ishlaydigan LED yoritish tizimi bilan jihozlangan.

Yangi yo‘lak hudud aholisi uchun kundalik qatnovni yengillashtirib, temir yo‘l atrofidagi xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi. Mazkur hududdagi temir yo‘l tarmog‘i bo‘ylab yana bir nechta shunday yer osti o‘tish joylarini qurish rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.