Buxoro yangiliklari

“Bukhara City” majmuasida yangi o‘quv yili boshlandi

bukhara city schools cover 2026 09 03
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

“Bukhara City” ko‘p funksiyali majmuasi hududidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Majmuada zamonaviy ta’lim infratuzilmasini shakllantirish va sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich natija bermoqda.

“Bukhara City” majmuasidagi ta’lim muassasalari

Xususan, 74–75-lotlarda joylashgan “Asia International School” maktabi va bolalar bog‘chasi joriy o‘quv yilidan faoliyat boshladi.

“Bukhara City” majmuasidagi zamonaviy maktab

Shuningdek, 39-lotdagi “Odnoklassniki” maktabi hamda 80-lotdagi “Farobiy” maktabi o‘quvchilarni qabul qila boshladi.

“Bukhara City” majmuasidagi yangi o‘quv binosi

61-lotda bunyod etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab esa majmuada o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Bir hududda bir nechta zamonaviy maktablarning faoliyat yuritishi “Bukhara City”da turar joy va biznes obyektlari bilan bir qatorda ijtimoiy infratuzilma ham rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

“Bukhara City” majmuasining ta’lim infratuzilmasi

Ushbu ta’lim maskanlarida minglab o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar zamonaviy sharoitda bilim olishi, qobiliyatlarini rivojlantirishi hamda o‘z maqsadlari sari intilishi uchun imkoniyat yaratilgan.

“Bukhara City” majmuasidagi o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoit

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.