Buxoro yangiliklari

Yaponiya granti asosida Buxoro shoshilinch tibbiy yordam filialiga zamonaviy uskunalar yetkazildi

Buxoro shoshilinch tibbiy yordam filialidagi zamonaviy tibbiy uskunalar
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Yaponiya hukumati granti asosida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga zamonaviy tibbiy uskunalar yetkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Yaponiya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki tomonlama loyihalar tibbiyot xodimlarini tayyorlash, zamonaviy davolash va diagnostika usullarini joriy etish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohani raqamlashtirish yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Yaponiya delegatsiyasining Buxorodagi tibbiyot muassasasiga tashrifi

 

3-sentabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hatori Takashi boshchiligidagi delegatsiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Sh. Muhammedov hamrohligida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida bo‘ldi.

Yaponiya delegatsiyasi Buxoro tibbiyot muassasasida

 

Mehmonlarni Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i M. Rajabov kutib oldi. Delegatsiya filialda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy davolash va diagnostika jarayonlari, shuningdek, muassasaning imkoniyatlari va erishgan natijalari bilan tanishdi.

Buxoro shoshilinch tibbiy yordam filialidagi zamonaviy uskunalar

 

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Buxoroda tibbiy hamkorlik bo‘yicha uchrashuv

 

Muloqot davomida Yaponiya tibbiyotining ilg‘or tajribasi, ayniqsa murakkab jarrohlik amaliyotlaridagi yutuqlari alohida qayd etildi. Ushbu tajribani mahalliy amaliyotga tatbiq etish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Yaponiya va Buxoro tibbiyot vakillari uchrashuvi

 

Yaponiya hukumati granti doirasida filial uchun 111,7 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilib, zamonaviy gisteroskop va artroskop uskunalari yetkazildi. Bu jihozlar markazning diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirib, tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Buxoro tibbiyot muassasasidagi Yaponiya delegatsiyasi

 

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish, qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish va tajriba almashinuvini kengaytirishga kelishib oldi. Tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.