Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonning olis O‘gitma hududida 271 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

ogitma cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘ijduvon tumani markazidan 140 kilometr uzoqda joylashgan O‘gitma aholi punktida keng qamrovli sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Sayyor ko‘rikdan ko‘zlangan maqsad tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tekshiruvlarni muntazam o‘tkazish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, reyestrga kiritilgan va olis hududlarda yashovchi fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tadbir davomida 271 nafar fuqaro malakali tibbiyot mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazildi.

Fuqarolar uchun laboratoriya tahlillari, ultratovush tekshiruvi va boshqa zarur tibbiy tekshiruvlar ham tashkil etildi.

Ko‘rik bilan ikki nafar homilador ayol, 38-sonli umumta’lim maktabining 44 nafar o‘quvchisi hamda 13 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ham qamrab olindi.

Tekshiruv yakunida har bir fuqaroning salomatlik holatidan kelib chiqib, zarur tibbiy tavsiya va maslahatlar berildi.

Olis hudud aholisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga muntazam ko‘mak ko‘rsatish tibbiy xizmatlarni manzilli tashkil etishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mas’ullar aholi punkti tuman markazidan qanchalik uzoq bo‘lmasin, fuqarolar sifatli tibbiy xizmat, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligi lozimligini qayd etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.