Buxoro yangiliklari

Buxoroda 102 nafar ehtiyojmand ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 63 nafarida kasallik aniqlandi

buxoro gamxorlik tibbiy korik 2026 09 17 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Dastlabki kunda 102 nafar ayol ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 63 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ko‘riklar Buxoro shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar «G‘amxo‘rlik» markazida parvarishlanayotgan xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilmoqda.

G‘amxo‘rlik markazi binosi

 

Tibbiy ko‘riklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF–6195-son Farmoni ijrosi doirasida 15–17-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda. Jarayonda markazda parvarishlanayotgan jami 299 nafar xotin-qizni qamrab olish rejalashtirilgan.

Xotin-qizlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni

 

Ko‘riklarda Buxoro shahridagi tibbiyot muassasalari shifokorlari bilan birga viloyat darajasidagi 15 nafar tor soha mutaxassisi ishtirok etmoqda.

Tibbiyot mutaxassislari G‘amxo‘rlik markazida

 

Tadbirning birinchi kunida 102 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar davomida 63 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan.

Shifokor tibbiy hujjatlarni ko‘rib chiqmoqda

 

Kasallik aniqlangan har bir ayolga sog‘lomlashtirish, davolanish va zarur tibbiy choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklarni nazoratga olish va keyingi davolash jarayonlarini tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tor soha mutaxassisi bemorni tekshirmoqda

 

Bunday manzilli ko‘riklar davlat qaramog‘idagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Shifokor va markaz xodimlari tibbiy ko‘rik yakunlarini muhokama qilmoqda

 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.