Buxoro yangiliklari

Buxoroda mavsum oldidan 131,6 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilindi

21 gas cover
Illyustrativ surat: Buxoroisharif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro viloyatida mavsumga tayyorgarlik doirasida 131,6 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali amalga oshirgan tayyorgarlik ishlari davomida 97,2 kilometr gaz quvuri estetik jihatdan tartibga keltirildi. Shuningdek, 1 113,3 kilometr gaz quvurining holati tekshirildi.

Gaz ta’minoti uskunalarini tayyorlash doirasida 32 ta gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlandi.

Bundan tashqari, 3 187 ta gaz taqsimlash qurilmasi taftish qilindi.

Aholi xonadonlarining tabiiy gaz ta’minotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari ham olib borildi. E’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, 21 620 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.