Buxoro yangiliklari
Buxoroda “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun, 28-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlab, “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tanlov yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari, tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari, kino san’ati asarlari kabi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.
“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichiga ommaviy axborot vositalari va bosma va elektron nashrlarda e’lon qilingan 40 ga yaqin ijodiy ishlar qabul qilinib, hay’at a’zolari tomonidan baholandi. Ishtirokchilar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizni har tomonlama obod qilish, uning iqtisodiy qudratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘si oshib borayotgani, pandemiya sharoitida ham davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar izchil davom etayotganini hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi ijodiy asarlar bilan qatnashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari”, “Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari”, “Ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari”, “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari”, “Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari” kabi nominatsiyalarida 18 nafar eng munosib nomzodlar g‘olib va sovrindor deb topildi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuhammedov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Baxtiyor Asadov, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va roli ortib borayotgani, amalga oshirilayotgan islohotlarning tashabbuskoriga aylanib ulgurgani haqida to‘xtalishdi. O‘tkazilayotgan bu kabi tanlovlar ham ijodkorlarning mehnatiga munosib rag‘bat ekani alohida ta’kidlandi.
Tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra, quyidagilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
“Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin. Mirzo Ahadov
2-o‘rin. Sulaymon Shodiyev
3-o‘rin. Go‘zal Ro‘ziyeva
“Televideniye va radio” yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin. Farhod Xo‘jayev
2-o‘rin. Umid Choriyev
3-o‘rin. Umid Barakayev
“Bosma ommaviy axborot vositalari” yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin. Bahrom Soliyev
2-o‘rin. Obid Qo‘ldoshev
3-o‘rin. Dildora Ibrohimova
“Internet-jurnalistika” yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin. Sherzod Kamolov
2-o‘rin. Sanjar Nazarov
“Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari” yo‘nalishi
1-o‘rin. Tohir Istatov
2-o‘rin. Aziza Avezova
3-o‘rin. Shohruh Saidjonov
“Kino san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rin. Saida Ergasheva
2-o‘rin. Abdulla Rajabov
3-o‘rin. Nabi Bo‘ronov
Shuningdek, “Eng ulug‘, eng aziz” an’naviy ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichining rag‘batlantiruvchi diplomi bilan bilan Buxoro viloyat AOKB rahbari Gulnora Samiyeva taqdirlandi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlariga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi