Mashhurlar

“Million” bilan yuz bergan baxtsiz hodisa

photo 255

Loading

Umidjon Haydarov “Million” vakillari bilan boʻlgan baxtsiz hodisa haqida gapirdi

Oʻsha payti ichimda kalima qaytardim”, — deydi u.

Aktyor, qiziqchi, “Million” jamoasining sobiq aʼzosi Umid Haydarov jamoa bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida gapirib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra bu voqea Rossiyaga boʻlgan safar chogʻida sodir boʻlgan. Oʻshanda jamoa Alisher Botirov va Umidjon Haydarov sababli samolyotga kech qolgan. Keyin ular mashinada ketishga majbur boʻlgan. Umid Haydarov oʻzi, Maʼruf Nosirov va Mirkomil Musayevlar oʻtirgan mashina qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketganini aytdi. Oqibatda, avtohalokat boʻlishiga ozgina qolganini, oʻsha lahzada u har narsaga tayyor boʻlganini taʼkidladi.

“Kuni kecha 22 oktabr kuni jamoamizning aʼzosi Sarvar Farziyevning nikoh oqshomi boʻlib oʻtdi. U yerdan chiqib saunaga bordik va shu voqeani esladik. Biz Rossiyaga xizmat safariga chiqqanimizda, Vladivostokdan Kazanga uchishimiz kerak. Oʻsha kuni bizni mehmon qilishdi. Shuning uchun mehmonxonaga kechki soat 3 larda kelib yotdik. Butun jamoa Alisher Botirov va Umidjon Haydarov hisobiga aeroportga kech qolgan. Davro Qabulov va Abdulaziz aka bir amallab bilet topib Kazanga uchishdi. Chunki u yerda tashkiliy masalalar bor edi. Biz mashinada yoʻlga chiqdik. Haydovchining balki bizga qilmoqchi boʻlgan yaxshiligimi, balki layoqatsizlidanmi bizni 12 soatlik yoʻlga 10 soatda olib borib qoʻygan. U tezlikda qarama-qarshi yoʻlga chiqdi. U tomondan katta ʻFuraʻ mashinasi kelyotgandi. ʻAvariyaʼ boʻlishiga oz qoldi. Ichimda kalima qaytardim. Oʻsha payti har narsaga tayyor edim. ʻFuraʻ haydovchisining malakaliligi, bizning taksichining tezkor harakatlaridan biz bu toʻqnashuvdan chiqib ketdik. Na kulishni, na yigʻlashni biladigan voqea boʻlgan. U mashinada Mirkomil Musayev, Maʼruf Nosirov ham boʻlgan”, — deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.