Mashhurlar

Gollivudning o‘smir aktrisalari

photo 265

Loading

Gollivudning eng goʻzal va muvaffaqqiyatli oʻsmir aktrisalari maʼlum qilindi

Ular Anjelina Jolining izdoshlari boʻlishi mumkin.

Makkenzi Foy

Jahon kino olamida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Amerikalik kinoaktrisa Makkenzi Foy Gollivudning eng latofatli va muvaffaqqiyatga erishgan oʻsmirlari reytingida yuqori oʻrinda turadi. Uning muxlislari “Oqshom” kinofilmidagi obrazi orqali tanishadi. Makkenzi Foyning kino olamidagi yorqin kelajagi aynan mana shu filmdan soʻng bashorat qilingan. Keyinchalik “Qarsildoq va toʻrt qirollik” filmidagi Klara roli va “Yulduzlararo” kinokartinasidagi Metyu Makkonahining qizi roli unga juda katta shon-shuhrat olib keldi. Hali oʻsmir boʻlsada Gollivudda yuqori natijaga erishgan akrtisa bergan intervyularida kelajakda yanada katta rejalarni amalga oshirishi haqida gapirib oʻtgan.

photo 03 75

Yuliya

Keyingi oʻrinda turuvchi mashhur aktrisa Yuliya Gollivudda oʻz oʻrniga ega boʻlgan aktrisalardan hisoblanadi. Gap shundaki, uning otasi “Walt Disney” studiyasida animator boʻlib ishlagan va qizini kelajakda mashhurlika erishishini istagan. Yuliya ilk bor yetti yoshida “Aqlli jinoyatchilar” serialida rol ijro etadi va shu orqali u kino olamiga kirib keladi. Keyinchalik esa “Ochiq” va “Amerikalik uy bekasi” filmlaridagi obrazi unga muvaffaqqiyat olib keldi. Uning eng omadli obrazi sifatida rejissyorlar birinchi rolini eʼtirof etishadi.

photo 02 80

Ebbi

Yana bir Gollivud aktrisasi kinoijodkorlar oilasida dunyoga kelgan. Ekranlarda bolaligidan tanila boshlagan Ebbining eng yaxshi kartinalari deb “Ochiq” va “Pichirlash” seriallaridagi roli koʻrsatiladi. Ebbi kinofilmlardagi roli uchun bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Yaqin kelajakda bir qancha isqtiqbolli ijrolarni koʻzlayotgan aktrisa hozirda Gollivudning mashhur rejissyori bilan shartnoma tuzishga muvaffaq boʻlgan.

photo 01 82

Bu aktrisalar hozirda Gollivudning bir qancha rejissyorlari bilan hamkorlik qiladi va kino sanʼatida ulkan muvaffaqqiyatlarga erishishni niyat qilgan. Ular Anjelina Jolining izdoshlari boʻlishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.