Mashhurlar

Kaniza toʻyda mast erkak bilan urishganiga izoh berdi

photo 269

Loading

“ʻRamkaʻga sigʻmaydigan qiliq qildi”.

Xonanda Kaniza oʻz Instagram sahifasida Boʻstonliq tumadidagi toʻyda mast erkak bilan haqoratli soʻzlarni ishlatib janjallashgani aks etgan videoga izoh berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, toʻyni yaxshi kayfiyatda boshlagan. Xonanda qoʻshiq aytayotgan paytda mast erkak kelib, shimining orqa choʻntagiga pul qistirmochi boʻlgan. Lekin uning qoʻriqchilari bunga yoʻl qoʻymagan. Shundan keyin Kaniza oʻsha erkakning haqoratli soʻzlarni ishlatganini payqab qolgan. U boshida chiroyli ogohlantirish berganini taʼkidladi.

“Toʻy 1 hafta oldin Boʻstonliq tumanida boʻlgandi. Toʻyga chiroyli kayfiyatda bordik. Toʻy ham yaxshi kayfiyatda boshlandi. Hamma joyda ham bitta befarosati boʻlarkan. Oʻsha yerda bitta erkak oʻzini madaniyatsizlarcha tutdi. Pulni ayol kishining shimining choʻntagiga qistirmoqchi boʻldi. Umuman ramkaga sigʻmaydigan qiliq qildi. Bu holatga bollar ham yoʻl qoʻymadi. Men ahamiyat bermadimda qoʻshiqlarimni aytaverdim. Yonginamda stolda oʻtirgandi. Masofa bir yarim metr edi. Soʻkinayotganini payqab qoldim. Bitta qoʻshiqni aytib boʻlgandna keyin, toʻxtat dedimda u kishiga chiroyli ogohlantirish berdim. Aka sizning ham ayolingiz, singlingiz bordir. Chiroyli qiliq qilmayapsiz desam, baland ovozda meni haqorat qilishni boshladi. Ahamiyat beringki, oʻsha yerda men qanday haqorat qilayotgan boʻlsa, men ham shunday javob qaytardim. Qoʻlimda mikrofon boʻlgani uchun mening ovozim balandroq chiqdi”, — deydi u.

Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, erkak kishiga mumkin degan fikr jamiyatga singib ketgan. Kaniza erkaklarning urish, soʻkishiga jim qarab turadigan jamiyatda yashamayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga xonanda anonim blogerlarga uni gʻiybat qilgani uchun rahmat aytdi.

“Toʻgʻri sizlar hozir ayol kishisan, senga mumkinmas, chidashing kerak edi deyishingiz mumkin. Lekin kechirasizu biz ayol kishimiz. Toʻgʻri sabr qilishimiz kerak. Lekin oxiri yorilasiz. Erkak kishiga mumkin degan narsa bizning jamiyatning ongiga oʻtirib qolgan. Lekin demokratiya degan narsa qani? Biz ayollar erkakning indamay soʻkishiga ham, har xil qiliqlariga ham, urishiga ham indamay chidaydigan jamiyatda yashamayapmiz. Shu oʻrinda anonim blogerlarga katta rahmat aytmoqchiman. Oʻzingizning izohlaringizda minglab gʻiybatchilarni yigʻib, mening gunohlarimni toʻkkaningiz uchun sizlardan Alloh rozi boʻlsin”, — deydi xonanda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.