Maşhurlar

Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

photo 289

Loading

Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Oʻzbekiston xalq artisti, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar bergan. Shuningdek, uyushma uning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari, yaqinlari va butun ijod ahliga hamdardlik bildirgan.

Baxtiyor Ixtiyorov sermaxsul ijodi davomida “Yor-yor”, “Ajoyib hayolparast”, “Oʻtgan kunlar”, “Nodirabegim”, “Yettinchi jin”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yettinchi oʻq”, “Shum bola” kabi juda koʻplab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda oʻzbek teatr sanʼati rivojiga ham munosib hissa qoʻshdi. Marhum 1956-yildan to 2009-yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, “Yosh gvardiya” teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va koʻplab shogirdlar yetishtirdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.