Maşhurlar

Katrina Kaif qanday qilib milliarder boʻlgani haqida gapirdi

photo 295

Loading

Bollivud yulduzi Katrina Kaif qanday qilib milliarder boʻlgani haqidagi sirni oshkor qildi. U eng koʻp maosh oluvchi hind aktrisalari qatoriga kiradi.

Bollivudning jozibador va isteʼdodli aktrisasi Katrina Kaif qanday qilib milliarder boʻlgani haqida gapirib berdi.

Bollivud kino olamidagi eng daromadli sanoatlardan biri hisoblanadi. Ushbu kino sanoatining aktyor va aktrisalari millionlab daromad topadi biroq oʻzlarining shaxsiy boyligi haqida gapirishni istamaydi. Bollivudning mashhur aktrisasi Katrina Kaif mahalliy nashrlarning biriga bergan intervyusida qanday qilib milliarder boʻlgani haqidagi sirni oshkor qildi.

Katrina Kaifning hozirgi oylik daromadi 2 milliard soʻmdan oshadi va u Bollivudning eng koʻp maosh oluvchi aktrisalari qatoriga kiradi. U daromadining katta qismini kino sanʼatida ijro etgan rollari orqali topadi. Aktrisa milliarder boʻlishning eng yaxshi yoʻli pulni toʻgʻri taqsimlash va shu soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borish deb aytgan.

“Milliarder boʻlishning va uni saqlab qolishning eng yaxshi yoʻli pulni toʻgʻri taqsimlash, shu soha mutaxassislari bilan birga maslahat qilib ish yuritish. Men aynan shularga amal qilaman”, — deydi aktrisa.

Maʼlumot uchun, aktrisa shu yilning dekabr oyida toʻy marosimini oʻtkazishni rejalashtirgan va shuning uchun barcha suratga olish ishlarini vaqtincha toʻxtatgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.