Maşhurlar

Sanjay Ramzan Qodirov bilan munosabati qanday ekanini aytdi

photo 324

Loading

“Bitta stolda 40 daqiqa choy ichib, gaplashib oʻtirganmiz”, — deydi xonanda.

Xonanda Sanjay YouTubeʻdagi “Biz bilmagandik” loyihasiga bergan intervyusida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan munosabati qanday ekanini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Ramzan Qodirov bilan munosabati juda yaxshi emas. Biroq xonanda mamlakat yetakchisini odamgarchilik yuzasidan yaxshi odam ekanini aytdi. Shuningdek, Sanjay Oʻzbekistonda davlat tadbirlariga taklif qilinmaganini lekin Chechenistonda koʻp bora bunday tadbirlarida ishtirok etganini taʼkidladi.

“Ramzan Qodirov bilan munosabatimiz juda zoʻr demayman. Bitta stolda qirq daqiqa choy ichib, gaplashib oʻtirganmiz. ʻNima maqsadda kelding, nima qilding, qanday yashadingʻ deb soʻragan. Tugʻilgan kunida, davlat tadbirlarida xizmatda boʻlganman. Masalan, meni Oʻzbekistonda davlat tadbirlariga taklif qilishmaydi lekin Chechenistonda davlat tadbirlariga juda koʻp qatnashganman. Chunki u yerda yaxshi qoʻshiqlar aytganman. Borgan paytim urushning izlari ham bor edi. Hozir borsangiz, juda zoʻr qilib qoʻyibdi. Ajoyib odam, hazilkash, muomalasi ham yaxshi. Odamgarchilik yuzasidan ajoyib odam. Bu lavozimni chechen tili kunida berishgan. Oʻsha kuni chechen tilida qoʻshiq aytganman. Shunda Ramzan Qodirov unvonni oʻzi bergan”, — deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.