Mashhurlar
“Kalmar oʻyini”dagi barcha bir koʻrishda payqamagan 5 ta xato va kamchiliklar — foto
Quyida serialdagi farqlanishlar, kamchilik, xatoliklardan namunalar beriladi.
Diqqat, spoylerlar mavjud! Agarda, serialni ko‘rmnagan bo‘lsangiz, o‘qish tavsiya qilinmaydi.
“Netflix” kompaniyasiga ulkan daromad keltirgan “Kalmar oʻyini” seriali dunyoning 90 ta davlatida eng mashhur loyihalar roʻyxatiga kiritilganiga qaramay, bu serial ham bir-biridan farq qiladigan kamchilik va xatoliklarga ega.
Ikkita bir xil raqamli ishtirokchi.
Oʻyinning boshida har biriga alohida raqam berilgan 456 nafar oʻyinchi qatnashadi. Serialdagi bosh qahramonlarning raqamlari serial davomida oʻzgarishsiz qoladi, biroq yaxshilab eʼtibor berilsa ikkinchi darajali qahramonlarga unchalik ahamiyat berilmaganining guvohi boʻlish mumkin. Serial boshida 061 raqami ayol ishtirokchiga tegishli boʻlgan, biroq rasmda oʻyinni tark etgan erkak ishtirokchi ham shu raqamda boʻlgan.
Ikki xil koʻringan rasm.
Ikkinchi bosqichning boshlanishidan oldin oʻyinchilar dumaloq, yulduz, uchburchak va soyabon shakllaridan birini tanlashi kerak boʻladi. Keyin esa ulardan tanlagan shakllarini dalgona karameldan ajratishi kerakligi haqida soʻraladi. Bunda esa devordagi soyabon serialning ikki sahnasida ikki xil koʻringan.
Serial qahramoni Kan Se Byok Shimoliy koreyscha talaffuz qiladi.
Koreys tilini yaxshi bilmaydigan tomoshabinlar uchun bu uncha yaxshi sezilmaydi. Reddit foydalanuvchilaridan birining maʼlum qilishicha, Se Byokning talaffuzi tugʻilgan yurti Shimoliy Koreya shevasiga tortadi. Uning bu talaffuzi ukasi va vositachilar bilan suhbatlashganda seziladi.
Telefondagi farq.
Serialning soʻnggi qismda Ki Xun metroda qizi bilan “Samsung S7” telefoni orqali gaplashadi. Aeroportda oʻtirganida esa uning qoʻlida “Samsung S3” rusumli telefonni koʻrish mumkin.
Serial aktyori Xvan Xoning telefon quvvati serial davomida tugamaydi.
Politsiya xodimiga tegishli boʻlgan telefon juda koʻp hazillar va memlarga sabab boʻlgan. Qizigʻi shundaki, oddiy smartfonlarning avtonom ishlash vaqti serialdagidan ancha farq qiladi. Politsiyachi koʻrganlarini suratga tushirish va yozib olish uchun hafta davomida telefonini ishlatadi. Telefonning quvvati esa serial oxirigacha yetadi, lekin u qachon telefonini quvvatlagani tomoshabinlarga koʻrsatilmaydi.
Barcha 6 ta o‘yin rasmlari o‘yinchilar xonasida chizilgan bo‘lgan.
O‘z navbatida, o‘yinchilar keyingi o‘yin qanday bo‘lishi haqida o‘ylab o‘tirgan payti ular o‘z xonasidagi rasmlarga e’tibor berishmagan. Boshida ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lganda, rasmlar deyarli ko‘rinmas bo‘lsa-da, ular kamaygani sarin yanada yaqqolroq ko‘rinish berardi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi