Özbekiston

Buxoroda yana chang to‘zoni bo‘ladi

photo 342

Loading

O‘zbekistonga 4—7-fevral kunlari Turkmaniston hududlaridan iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi Respublika Gidrometeorologiya markazi.

Ma’lum qilinishicha, 4—6-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:

  • 4-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 metr/sekundgacha;
  • 5—6-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18—23 metr/sekundgacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

5-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6—7-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.