Buxoro yangiliklari

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Turkiyada amaliyot o‘taydi

photo 384

Loading

2019-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti to‘rtta yo‘nalishda qabul jarayonlarini boshlagan edi. Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida talabalar tahsil olmoqda.

Joriy yilning 21-iyul kuni mazkur fakultetning 40 nafar talabasi yozgi amaliyotni o‘tash uchun Anqara shahriga uchib ketdi. Safardan oldin talabalar bilan institut rektori Shuxrat Teshayev va rektor maslahatchisi Ma’ruf Maxmudov talabalar bilan muloqot o‘tkazdi. Ularga qisqa vaqt bo‘lsada, bu davlatda o‘tkazadigan amaliyot samarali o‘tishi kerakligini ta’kidladi.

Talabalar sal kam 2 oy davomida u yerda bo‘lib, nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot universitetlarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.

[metaslider id=3841 cssclass=»»]

Malakali professorlarning mahorat darslarida ishtirok etishadi. O‘ylaymizki, bunday xalqaro hamkorlik aloqalari tibbiyot va ta’limni rivojlantirishga ajoyib vosita bo‘ladi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.