Mashhurlar
Raʼno Shodiyevaning oilasi judolikka uchradi — foto
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibasi Raʼno Shodiyeva oilasida ogʻir judolikka uchraganini maʼlum qildi.
Aktrisa bu haqda 26-iyul kuni Instagram sahifasida maʼlum qilgan. Raʼno Shodiyeva buvisi bilan tushgan suratini eʼlon qilgan va joyi Jannatda boʻlishini soʻragan.
“Mening goʻzal, mehribon buvijonim joyingiz Jannatda boʻlsin”, — deb yozadi aktrisa.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Raʼno Shodiyeva unda saraton qanday boshlangani haqida gapirib bergandi. Aktrisa kasallikni vaqtida payqagan va shifokorlarga murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, juda ogʻir ahvolda boʻlgan. Shifokorlar unga ikki-uch oy umri qolganini aytgan. Saraton boshlanishidan oldin u ish yuzasidan Moskvada boʻlgan.
«Alloh menga shunday bir sinov berdi. Hozir shu sinovni chiroyli yengib oʻtishga harakat qilmoqdaman. Men juda ogʻir ahvolda edim. Shifokorlarning aytishicha, ikki-uch oylik umrim qolgan ekan, kasallikni vaqtida payqabman.
Hammasini boshidan aytadigan boʻlsam, bu xuddi kinodagidek boʻldi. Men kasalligimni bilishimdan avval Moskvada edim. Xalqaro ʻKar-soqovlar jamiyatiʻning Kongressiga, Oʻzbekiston nomidan borgan edim. Qizil maydonni aylandim, Instagramʻda obunachilarim bilan jonli muloqot qildim. Kremlda gala-konsertlarda qatnashib, ertasi kuni Oʻzbekistonga uchib kelishim kerak edi», — deydi u.
Aktrisa Oʻzbekistonga qaytish uchun aeroportga kirib borganida kuchli ogʻriq boshlangan va hushini yoʻqotgan. Raʼno Shodiyeva sabab reys 40 daqiqaga kechiktirilgan. Biroq aktrisa oʻziga kelgach, Oʻzbekistonga qaytishga qaror qilgan. U kelgach turmush oʻrtogʻi bilan shifoxonga borgan va jigar saratoniga chalinganini bilgan.
“Samolyotga kirayotganimda, dahshatli ogʻriq boshlandi, keyin esa xushimni yoqotibman. Oʻzim bu narsani sezmay ham qoldim. Men sabab reys 40 daqiqaga kechiktirilibdi. Hatto, tez yordam bilan aeroportdan shifoxonaga yubormoqchi boʻlishdi. Lekin oʻzimga kelganimdan soʻng,ʻNima boʻlishidan qatʼi nazar Oʻzbekistonga qaytamanʻ, deb tez yordam xodimlariga tilxat yozib berib, Toshkentga qaytdim. Kelganimdan soʻng sezdimki, menda nimadir boshqacha, hech qachon meni bezovta qilmagan muammolar paydo boʻldi. Ertasi kuni turmush oʻrtogʻim bilan klinikaga bordik va men bu tashxisni eshitdim: onkologiya, jigar saratoni”, — deydi aktrisa.
Raʼno Shodiyeva jigarining 50% ini metastaza bosib ketganini aytdi. Shundan soʻng shifokorlar unga davolanish uchun Germaniya yoki Turkiyani maslahat bergan. Aktrisa esa Turkiyani tanlagan va oʻsha yerda davolangan.
“Bir kunda hayotim umuman boshqa tomonga oʻzgardi. Jigarimning 50% ini metastaza bosib ketgan ekan. Ahvolim esa juda-juda yomon ekani maʼlum boʻldi. Bir-ikki kunda qayerda muolaja olishimni muhokama qildik. Oʻzbekistondagi shifokorlar ʻSizning kasaligingizni Oʻzbekistonda muolaja qilish juda qiyin masala, sababi texnologiya va dorilar bizda muammo, chet elda muolaja qilsangiz yaxshi boʻlardiʻ, deyishdi. Bizga Germaniya va Turkiya variantini aytishdi, men esa Turkiyani tanladim”, — deydi Raʼno Shodiyeva.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi