Buxoro yangiliklari

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi mulozimi buxoroliklar bilan uchrashdi

photo 412

Loading

Joriy yilning 27-iyul kuni Kogon shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi 87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi asosida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ishtirok etdi.

Qo‘mita vakili Kogondagi 22 ta mahallalardagi xotin-qizlar faollari, tibbiyot xodimlari, xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabi direktorlari, psixologlar va musulmonlar idorasi vakili bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusida hamkorlikda bajariladigan vazifalarni belgilab berdi.

photo 02 121

Uchrashuvda shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash hamda mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish borasida to‘xtalib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Berilgan taklif va mulohazalarga o‘z fikrini bildirdi.

Shu kuni M. Nurmatova Kogon shahridagi “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” va “Ijtimoiy moslashuv” markazlari faoliyati bilan ham tanishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.