Mashhurlar

Feruza Sobitova eri bilan nega ajrashganini maʼlum qildi — video

photo 421

Loading

Aktrisa Feruza Sobitova YouTubeʻdagi “Chotki TV” loyihasiga bergan intervyusida ajrashishiga nima sabab boʻlganini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ikki begona inson oila qurganda orada tushunmovchiliklar boʻlishi tabiiy hol. Aktrisa oila buzilishida 90% ayollar sababchi boʻlishini aytdi. Feruza Sobitova oʻsha vaqtda erini tushunmagan, undan yordam berishini talab qilgan. Ular oʻsha vaziyatda bir-birini tushunmagan. Biroq aktrisa bu narsadan pushaymon boʻlish ham foyda bermasligini taʼkidladi.

“Ikki begona odam bitta oila quradi. Ularning harakterida bir-biriga toʻgʻri kelmaydigan tomonlari bor. Bu tabiiy hol. Shuning uchun farzandlarimizni sabrli qilib tarbiyalash kerak. Oilada sevgidan koʻra bir-birini hurmat qilish va tushunish muhim. Chunki erkaklarda yiqilish va pulsiz qolish holatlari boʻladi. Agar ayol kishi oilada yaxshi tarbiya olgan boʻlsa, erini qoʻllab-quvvatlashi kerak. 90 foiz oila buzilishida ayol kishi sababchi boʻladi. Chunki uning zimmasida koʻp narsa yuklanadi. Oʻsha paytda men uni tushunmadim. Undan yordam berishini talab qildim. Xullas, bir-birimizni tushunmadik deb oʻylayman. Hozirgi kunda bundan pushaymon boʻlishdan foyda yoʻq. Taqdirni qabul qilib yashash kerak”, — deydi u.

Aktrisaning taʼkidlashicha, ularning ajrimiga kasbi sabab boʻlgan. Ular sovchi orqali tanishib, oila qurgan. Feruza Sobitova hozirgi aqli boʻlganda, kasbini tanlamagan boʻlishini aytdi. Aktrisa hozirgi yosh hamkasblariga karyerani oiladan ustun qoʻymaslikka chaqiradi. U sanʼatda haqiqat yoʻqligini taʼkidladi.

“Ajralishimizga mening kasbim sabab boʻldi. Biz sovchi orqali turmush qurganmiz. Sevgi keyin boʻldi. Ajrim oʻzidan-oʻzidan boʻlib ketdi. Chunki oʻsha paytda kasbga intilish bor edi. Shuning uchun sanʼat yoʻlini tanlagan yosh qizlarga har doim ʻQizlar, birinchi karyera qilib keyin turmushga chiqaman demang. Birinchi oila quring. Agar oila zoʻr boʻlsa, shundan yaxshi narsa yoʻqʻ, deyman. Sanʼatda haqiqat yoʻq. Hozirgi aqlim boʻlganda bu yoʻlni tanlamasdim”, — deydi aktrisa.

Video:

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.