Mashhurlar
Java “Dunyo seni togʻangmas” qoʻshigʻini oʻgʻirlagani rostmi?
Xonanda Java taxallusi bilan tanilgan Javohir “Dunyo seni togʻangmas” qoʻshigʻini oʻgʻirlagani, muallif huquqini buzgani uchun tarona barcha platformalardan oʻchirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga izoh olish uchun xonanda bilan bogʻlandi.
Javaning “Shoubiz.uz”ga bergan intervyusiga koʻra, bu kabi mish-mishlarning barchasi yolgʻon. U qoʻshiq matni oʻziga tegishli ekanini taʼkidladi. Shuningdek, musiqasi ukrainalik yigitga tegishli boʻlib, bu uchun pul toʻlaganini ham aytib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Java xitga aylangan “Dunyo seni togʻangmas” qoʻshigʻiga izoh bergandi. Uning taʼkidlashicha, “Dunyo sening togʻangmas” ibratli qoʻshiq. Uni eʼtibor berib tinglash kerak. Qoʻshiqni boshidan oxirigacha tushunib eshitish kerak. Xonanda har bir qoʻshiqni yozishda bir xil yondashadi. Javohir Abduxoliqov qaysi tarona tinglovchilarga yoqishini oldindan bilolmaydi. Bu qoʻshiq u ijodni boshlagandan beri toʻrtinchisi.
“Bu aslida ibratli qoʻshiq. Uni yaxshilab eshitish kerak. Bekorga ʻYotib olib tinglaʻ demaganman. Boshidan oxirigacha tushunib eshitsa, maʼnoli qoʻshiq. Toʻgʻri boshqacha eshitilishi mumkin lekin oʻylab yozilgan tarona. Har bir qoʻshiqni yozishga bir xil yondashaman. Qaysi qoʻshiq tinglovchilarga yoqishini oldindan bilib boʻlmaydi. Bu ijodni boshlaganimdan keyingi 4-tarona”, — deydi Javohir Abduxoliqov.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi