Mashhurlar
Anvar Azimov ayol hamkasblaridan biri uni yoqtirmaganini aytdi – video
Suxandon, teleboshlovchi Anvar Azimov YouTubeʻdagi “Yashin TV” loyihasiga bergan intervyusida ayol hamkasblaridan biri uni yoqtirmaganini aytdi.
Boshlovchining soʻzlariga koʻra, oʻsha hamkasbiga yillar davomida salom berib kelgan. Biroq u Anvar Azimovdan alik olmagan. Suhandon hamkasbi uni bir tiyinga ilmaganini aytgan. Teleboshlovchi shunda ham salom berishni davom ettirgan. Oradan yillar oʻtgach ayol Anvar Azimovning tugʻilgan kunida unga rahmat aytgan. Ayolning taʼkidlashicha, hamkasbining samimiy munosabati uni oʻzgartirgan.
“Bir insonga yillab salom berganman. Salomimga alik ham olmagan, bir tiyinga ilmagan. Birga ishlagan katta yoshli xodimimiz edi. Kimligini aytmayman. Faqat salom beraverardim. Meni yoqtirmasdi. Uning harakteri shunday boʻlgan. Men esa kulib turib salom berishda davom etardim. Oradan ancha yillar oʻtgach, tugʻilgan kunimni nishonlaganmiz. Ishxonamizda shunday odat bor. Oʻsha paytda oʻzi ʻMana shu yigit necha yildan beri menga salom berardi, yaxshi gapirardi. Lekin men shu paytgacha unga menga qilgan samimiy munosabatni qilmagan ekanman. Shu yigit meni oʻzgartirdi. Ming rahmatʻ, dedi. Shu gaplarni onam qatori ayol aytgan”, — deydi suxandon.
Video:
Avvalroq Anvar Azimov jonli efirda qilgan xatosi haqida gapirib bergandi. Uning soʻzlariga koʻra, bu voqea radioda ishlab yurgan payti boʻlgan. Boshlovchi jonli efirda oʻyin olib borayotganda, “zato” soʻzini ishlatgan. Shu sabab u 1 hafta efirdan chetlatilgan. Teleboshlovchi buni oʻyindan zavqlanib ketganidan aytib yuborganini taʼkidladi. Biroq Anvar Azimov bu holatdan tushkunlikka tushib qolmagan. U doim oʻzini hammasi yaxshi boʻlishiga ishontirgan.
“Radioda ishlayotganimda efirdan chetlatishgan. Radioda jonli efirda oʻyin olib borayotgan paytda ruscha yoki oʻzbakcha gapirish kerak. Oʻsha payti oʻyindan zavqlanib, tinglovchining his-hayajoni bilan qoʻshilib ketib ʻzatoʻ deb yuborganman. Shunda bir hafta efirdan chetlatilganman. Bunday voqealar koʻp boʻlgan lekin tushkunlikka tushmaganman. Men doim oʻzimga hali hammasi zoʻr boʻladi derdim”, — deydi boshlovchi.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi