Mashhurlar

Dildora Niyozova hijobga kirishiga nima turtki boʻlganini aytdi — video

photo 467

Loading

Xonanda Dildora Niyozova “Daryo.uz”ga bergan intervyusida hijobga kirishiga nima turtki boʻlganini aytdi.

U toʻgʻri qaror qilganiga ishonadi. Xonanda roʻmolni tugʻilgan kunida oʻragan va bir kunda shu qarorga kelgan. Dildora Niyozova oʻsha paytda islomiy toʻylar kam boʻlganini aytdi. Shu sabab xonanda toʻylarga chiqmaslikka qaror qilgan. Sozanda yigitlari esa unga hali kechmasligini aytib, hijobini yechishini soʻragan. Xonanda hijobga kirganini odamlar bilmagani bilan Xudoga vaʼda berib qoʻyganini aytgan va roʻmolini yechmasligini taʼkidlagan. Xonanda oʻsha vaqtda sogʻligida muammolar boʻlganini aytdi. Roʻmol oʻragach, koʻngli xotirjam boʻlgan va oʻzini baxtiyor his qilgan.

“Hech nima oʻzidan-oʻzi boʻlmaydi. Men toʻgʻri qaror qabul qilganman deb oʻylayman. Oʻsha paytda ketma-ket toʻylarim bor edi. Xit boʻlgan qoʻshiqlarim chiqqandi. Oʻsha kuni tugʻilgan kunim edi. Turmush oʻrtogʻim keldi va men hijobga kirdim. Oʻsha paytda islomiy toʻylar koʻp boʻlmagan. Shuning uchun toʻylarga chiqmaslikka qaror qilganman. Sozanda yigitlar kelib, roʻmolimni yechishga kechmasligini aytgan. Men esa unday qilolmasligimni taʼkidlaganman. Haqiqatan, sogʻligʻimning mazasi boʻlmadi. Oxirgi paytlar shu darajaga keldimki, oʻlib qolsam kerak deb oʻyladim. Shundan keyin roʻmol oʻrayman, xayrli boʻlsin dedim. Sozandalarimning gapidan keyin ʻMeni hech kim koʻrmagan boʻlsa ham Allohga vaʼda berib qoʻydim-kuʻ, dedim. Agar qismatimda sanʼatda yurish boʻlsa, toʻylarga chiqaman dedim. Hijobga kirganimdan keyin qalbim xotirjam boʻldi. Mendan baxtli inson yoʻq edi”, — deydi xonanda.

Video:

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Dildora Niyozova sanʼatga qaytishga erini qanday koʻndirganini aytgan. Toʻy xizmatlaridan birida unga bir onaxon eri toʻyga chiqishga ruxsat bermagani haqida savol bergan. Xonanda bu savolga javob bermaguncha toʻyxonadan chiqib ketmagan. Dildora Niyozova oʻsha davrada boʻlgan ayollar qaysi biri eri bilan janjallashib qolmagani haqida soʻragan. Ayollar esa kulgan. Xonanda turmush oʻrtogʻining koʻnglini olgani uchun toʻylarga chiqishga ruxsat berganini taʼkidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.