Buxoro yangiliklari
Buxorodagi bankning sobiq rahbari $600 000 ni «uxlatdimi»?…
Axborot makonida har qanday axborotni olish mumkindir, ammo kimlarningdir sha’ni, qadr-qimmatini kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi, nazarimizda. Ayrim toifa insonlar birovlarning ig‘vosiga uchib, holatni real tahlil qilmay, balkim manfaatdorlik ustun kelganidanmi, shov-shuvga juda o‘ch bo‘lib qolishdi.
O‘tgan haftada ayrim Telegram-kanallari bank tizimidagi xodimlarning bir guruhini ish joyida davra qilib o‘tirganini tanqid qilmoqchi bo‘ldi-yu ularni ishratbozlikda ayblashdan bosh tortmadi. Ular nazarimda tanganing qiymatiga baho berishdi, qimmati orqasida bo‘lgani uchun ham uni o‘girib qarashga fursat topishmadi. Qaysiki, tezroq shu xabarni chiqarsa, aniq bir maqsadga erishadigendek.
Shu o‘rinda ushbu voqeani biroz tahlil qilgandek bo‘ldik:
- «O‘zsanoatqurilishbank» Buxoro mintaqaviy filialidagi 1 yil oldingi voqea-hodisalarga qaytish kimga kerak bo‘lib qoldi?
- Qo‘riqqa olingan obyektdagi ushbu holat aks etgan tasvirlar nazoratdagi videokameradan olindi va bunga mas’ullar qanday yo‘l qo‘yib berishdi?
- Agar ta’qiqlangan bo‘lsa, ushbu binoga spirtli ichimliklar jo‘mrakdan oqib kelmagandir, har qalay?
- Davra qilib o‘tirgan xodimlarning ishdan olinishini talab qilish ortida qanday manfaatlar yashiringan?
Xullas, har uchchala savol ham bir nuqtada to‘qnash kelyapti. Bu buyurtma material ortidan ijtimoiy tarmoq admini qancha foyda topsa ekan?!
Bunday deyishimizga yetarlicha asoslar bordek, nazarimizda. 2021-yilning 20-mart sanasi Davlat rahbari tomonidan rasman dam olish kuni sifatida qayd etilgan. Shu kuni, aniqrog‘i shanba kuni tushlikda bank xodimlari ham boshqalar singari bayramni nishonlashmoqchi bo‘lishgan. Voqea joyida hech qanday tartibsizlik yoki mayda bezorliklar qayd etilmagan. O‘sha davradagi bayram dasturxonidan zaharlanganlik holati kuzatilmagan.
Biz tanqid ostiga olsak, qat’iy chora ko‘rishga sabab bo‘ladi, deb jar solayotganlar avvalo qandaydir qonuniy asosga tayanib, ish tutish lozimligini unutishgan. Bu tasvirlarni tarqatish uchun zarurat tug‘ilgani xusumat oldindan ildiz otganini yaqqol izohlasa kerak.
Aytaylik, har kim va har qanday hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, faktlarni tekshirmasdan, alohida rasm yoki videokliplarni tasvirda ko‘rsatilgan shaxslarninf ruxsatisiz OAV da tarqatish – qonunga zid edi, agar adashmasak? Qolaversa, mas’ul shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Bankning xavfsizlik xizmati yoki xususiy qo‘riqlash xizmati xodimlaridan qaysi biri ushbu videokuzatuv tasvirlarini tarqatish huquqiga egaligini buyurtmachilar o‘ylab ham ko‘rishmagan. Shunday ekan, shov-shuv orqasidan quvib, bugun boshqani, ertaga yana birovni tahqirlashda davom etadigan, go‘yoki u shunday axborot bersa, obunachilari ko‘payib, uning nufuzini oshiradigan, kimlarnidir qo‘rqitish evaziga hurmatini oshirish payida bo‘lganlar bu masalada qonuniy taraflarni ham o‘ylab ko‘rishlari kerak.
Bunday noxolis yoki maxsus buyurtma qilingan, bank xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan puflamalar chop etilishi uchun ushbu resurslar egalari shubhasiz, javobgardir.
Bizning tahririyat ham ushbu qarashlarni qog‘ozga tushirish jarayonida ayrim ma’lumotlar bilan tanishib chiqdi va uning ortida ham qaysidir bir shaxsni, aniqrog‘i alamzadalarning yuzlariga oyna tutishdan o‘zimizni tiydik…
“Bor barakalla” qabilida ish tutish nechta malakali kadrning sinib ketishiga olib kelishini, ularning oilasiga, jamiyatdagi o‘rniga putur yetishini o‘ylagan odam, bunday maynavozchilikka berilmagan bo‘lardi.
Xulosa o‘rnida esa obro‘ ortidan quvib, mashhurlikni da’vo qilib, haqparvar ijodkorlar nomiga dog‘ tushurishdan o‘zimizni tiysak, yaxshi bo‘lardi.
Buxoroisharif.uz Internet OAV tahririyati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi