Buxoro yangiliklari

Olis hududlardagi o‘quvchilar ham e’tibordan chetda qolmasin

photo 527

Loading

Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada yuksaltirish, soha xodimlariga yetarli shart-sharoitlar yaratish, pedagoglarning nufuzini oshirish, ularga imtiyozlar yaratish borasida nihoyatda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-yanvarda tasdiqlagan “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori ham xalq ta’limi tizimi xodimlariga o‘zgacha shijoat baxsh etdi.

Aytish joizki, mazkur qarorning qabul qilinishi anchadan beri tizim xodimlarini qiynab kelayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va ta’lim sifati past bo‘lgan chekka hududlardagi maktablarni malakali pedagoglar bilan ta’minlash muammolarini bartaraf etishda muhim yechim bo‘ldi.

Qarorga muvofiq, olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnatini yanada rag‘batlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan olis va chekka hududlarda quyidagi imtiyozlar berildi:

Byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHM ning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to‘lanadi. Ya’ni, agar o‘qituvchi bir viloyat hududida tumandan boshqa tumanga borib dars bersa 50% gacha, viloyatdan viloyatga borib dars beradigan bo‘lsa, 100% gacha ustama haq to‘lanishi belgilandi.

Ayni paytda Buxoro viloyatining chekka hududlaridagi umumta’lim maktablarida ham pedagog kadrlar tanqisligi muammosi mavjud. Aniq misollarga tayanib aytadigan bo‘lsak, tuman markazidan olisda joylashgan Romitan tumanidagi 38-, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili, rus tili fanlariga; Peshko‘ tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili, Shofirkon tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili, tarix, Gʻijduvon tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kimyo-biologiya fani pedagog kadrlariga ehtiyoj mavjud.

Mavjud ehtiyojlarni qoplash, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan farzandlarimizning ham sifatli ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega inson bo‘lishi uchun mustahkam zamin yaratishda bizga tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilarning ko‘magi kerak.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ana shunday ezgu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatish istagida bo‘lgan ko‘ngilli ustozlarni hamkorlikka chorlaydi va ularni astoydil qo‘llab-quvvatlaydi. Bu borada batafsil ma’lumot olish uchun (+998) 90-636-66-22 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.