Özbekiston

“Yil talabasi” tanloviga start berildi

photo 666

Loading

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag‘batlantirish maqsadida “Yil talabasi” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Yilning o’z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi;
– Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi;
– Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
– Yilning eng faol sportchi talabasi;
– Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
– Yilning eng faol ijodkor talabasi;
– Yilning eng faol tadbirkor talabasi.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
1. Oliy ta’lim muassasasi bosqichi (fakultetlararo va oliy ta’lim muassasasi miqyosida) – joriy yilning oktabr oyida;
2. Respublika bosqichi (mavjud oliy ta’lim muassasalari miqytosida) – noyabr oyida.

Ushbu tanlovda OTM da akademik ta’tilsiz kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- hamda 4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning Nizomi bilan batafsil quyida tanishib chiqing: https://telegra.ph/YIL-TALABASI-2022-Respublika-tanlovining-nizomi-10-02.

Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talababalar o‘zlari tahsil olayotgan OTM fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.