Buxoro yangiliklari

Maktab va texnikum oʻquvchilari «Zakovat» da bellashdi

IMG 20221006 092941 057

Loading

Kuni kecha iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida Buxoro neft va gaz sanoati kolleji binosida «Zakovat» intelektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda jami 217 nafar o‘quvchilardan tashkil topgan 31 ta jamoa, har bir jamoadan 7 nafardan iborat bilimli va zukko o‘quvchilar bellashdilar. Musobaqa 2 bosqichda bo‘lib o‘tib, oʻquvchilar 30 ta savolga javob topishga harakat qilishdi.

Yakuniy natijalar esa quyidagicha:
1-o‘rin: Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi;
2-o‘rin: Shofirkon tumani kasb-hunar maktabi jamoasi;
3-o‘rin: Romitan tumani 1-son kasb-hunar maktabi.

Shuningdek, g‘oliblarga viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qayd etish kerakki ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar respublika bosiqchida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.