Islom

Inson jasadida bir go‘sht parchasi bor, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun jasad sog‘lom bo‘ladi, agar u buzilsa butun jasad buziladi. U…

photo 719

Loading

Buyuk yetti piri komillarimiz Qur’oni Karim va hadisi shariflarni o‘zlarining yo‘llarining asosi qilib olganlar.

عَن ابي هُرَيرَة رَضِي اللهُ عَنهُ قَالَ: قَالَ رَسولَ اللهِ صَلّى اللهُ عَلَيهِ وَ سَلمَ: تَرَكْتُم فِيكُم شَيئَينِ لَن تَضِلُّوا بَعْدهُما ما تمسكتم بهما كِتَابَ اللهِ و سُنَّتي. رواه احمد

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Orangizda ikki narsani tashlab ketmoqdaman, ularni mahkam ushlasangiz, hargiz adashmaysizlar. Allohning kitobi va mening sunnatimdir”, – dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Ulug‘ tariqat pirlarimizning asosiy vazifalari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tiriltirish, bid’at va xurofotlarga qarshi kurashish bilan birga Allohning nazargohi hisoblangan qalbni poklash bo‘lgan.

عن النعمان بن بشير رضي الله عنهما قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: ألا وإن في الجسد مضغة إذا صلحت صلح الجسد كله، وإذا فسدت فسد الجسد كله، ألا وهي القلب؛ متفق عليه

No’mon ibn Bashir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ogoh bo‘linglar! Inson jasadida bir go‘sht parchasi bor, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun jasad sog‘lom bo‘ladi, agar u buzilsa butun jasad buziladi, ogoh bo‘ling! U qalbdir”, – dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bahouddin Naqshband hazratlari “Bar dil band”, “Alloh nomini qalbingga naqsh ayla”, – deganlar. Bu buyuk yetti piri komillarimiz xulqda ham go‘zal bo‘lib, inson xulqini mukammal bo‘lishiga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lganlar.

عن ابي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: انما بعثت لأتمم مكارم الأخلاق. رواه بخاري

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men yaxshi xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim” (Imom Buxoriy rivoyati).

Hazrat Abdulxoliq Gʻijduvoniy “Ey farzand, ilm bilan birga odobni ham o‘rgan. Zero, odobsiz odam Alloh lutfidan mahrumdir”, – deganlar.

Hazrat Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy “Odob odamlarning ziynatidir”, – deganlar.

Buxoro qadim-qadimdan aziz avliyolar, ilmli, karomatli kishilarni voyaga yetkazgan. Dunyo ahli bu maqomni yetti pirga beshik bo‘lgan tabarruk zamin, deya e’zozlaydi. Buxoro shahri “Islom madaniyati poytaxti” – deb e’lon qilinganligi Buxoroi sharif uchun yana bir katta maqomdir.

Muallif: Jobir Elov, Buxoro viloyati bosh imomi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.