Islom

Er xotiniga: “Sen o‘g‘il tug‘olmaysan!”, – deb janjal qildi…

photo 722

Loading

Bir kishining 7 nafar qizi bo‘lib, o‘g‘li yo‘q edi. Er xotiniga: “Sen o‘g‘il tug‘olmaysan!”, – deb ko‘p janjal qildi. Ayoli janjallarga chidolmay qizlarini olib, ota uyiga ketdi. Shunda erga bir nuroniy shunday tanbeh berdi: “– Har bir qiz Qiyomatda do‘zaxning har bir eshigida to‘sib turuvchi parda bo‘ladi, bu qilgan ishing gunoh”.

Qizlar do‘zaxdan to‘suvchi parda bo‘lishi borasida hadislar bormi?

Odatda, o‘g‘il tug‘ilganda xursandchilik kattaroq bo‘ladi, ammo shariatda aynan qiz tug‘ilganda xursandchilikni kattaroq qilish tavsiya etiladi. Hatto hadya ulashishda ham, ko‘ngillari nozikligi e’tiboridan, avval qizlardan boshlanadi. Qiz tuqqan kelinlar barakali kelinlar sifatida e’zozlanadi. Qizlarning o‘zlari ham “baraka ramzlari” deya erkalanadi. Qiz boqqanlarga turli maqomlar va’da qilinadi.

Oysha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kuni mening huzurimga 2 ta qizini yetaklab, bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan boshqa narsa yo‘q edi. Men xurmoni bersam, ayol uni ikkiga ajratdi-da, ikki qiziga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirganlarida bu haqda xabar bersam, u zot sollallohu alayhi vasallam: “Kim mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa, qizlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi”, – dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimning 3 qizi bo‘lsa, ularning xarxashalari, og‘irliklari va yengilliklariga sabr qilsa, Alloh ularga ko‘rsatgan rahmati tufayli uni jannatga kiritadi”, – dedilar. Bir kishi: “Ikkita bo‘lsa-chi, yo Allohning Rasuli?” dedi. U zot alayhissalom: “Ikkita bo‘lsa ham”, dedilar. Bir kishi: “Bitta bo‘lsa-chi, yo Allohning Rasuli?” dedi. “Bitta bo‘lsa ham”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Bolaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishiga ayolning nima aloqasi bor? Avvalo, mutlaqo aloqasi yo‘q. Agar faraz qilib, aloqasi bor, desak, erkakning aloqasichalik bo‘lishi mumkin. Lekin nima uchun erkakka emas, faqat ayolga qiz tuqqanligi uchun dashnom beriladi? Axir bunday qilish Allohning irodasiga qarshi turish emasmi?

Ushbu haqiqatlarni har kim anglab yetishi kerak. Qiz tuqqan kelinlarni va qizlarni “baraka ramzi” deb bilish, ularning e’zozini qilish lozim.

Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.