O‘zbekiston

O‘zbekistonlik ayollarning nechtasi qishloq joylarida yashaydi?

photo 745

Loading

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyutisiyasiga asosan, “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilingan.

Birlashgan millatlar tashkiloti mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

2022-yilning 1-yanvar holatida, O’zbekistonda doimiy aholining 8,6 millioni qishloq joylarda istiqomat qilayotgan ayollar hisoblanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda doimiy aholi soni 35,3 mln kishini tashkil etgan, shundan 8,6 millioni qishloq joylarda istiqomat qilayotgan ayollar hisoblanadi.

Aholi soni – 35,3 mln. kishi (ayollar – 17,5 mln, erkaklar – 17,8 mln);

Shaharda yashovchilar – 17,9 mln kishi (ayollar – 8,9 mln, erkaklar – 9 mln);

Qishloq joylarida yashovchilar – 17,4 mln kishi (ayollar – 8,6 mln, erkaklar – 8,8 mln).

Qishloq ayoli

Pardozni yuzlari hech ham ko‘rmagan,
Qimmat restoranga bir bor kirmagan.
Ro‘zg‘orning tashvishidan bo‘yin burmagan,
Sabringizga ta’zim qilay qishloq ayoli!

Qo‘lida ikki chelak saharlab turgan,
O‘n chaqirim hech gapmas dalada yurgan.
Tandiru-o‘choq bilan suhbatlar qurgan,
Sabringizga ta’zim qilay qishloq ayoli!

Sochlari rang ko‘rmaydi, ro‘mol boshida,
Bir etak bolalari yurar qoshida.
Momo bo‘lib ulgurdi qirq bir yoshida
Sabringizga ta’zim qilay qishloq ayoli!

Tongda turib ketmon bilan chopadi yerni,
O‘choq yoqib qo‘lda yuvar to‘plagan kirni.
So‘rab ko‘ring hech so‘ylamas ichidagi sirni,
Sabringizga ta’zim qilay qishloq ayoli!

Muhokama qilish (6 ta sharh)

Muhokama

  1. Anonim

    00:15, 22.10.2022

    Велосипедчи аеллар мен учун янгилик. Асосан аслида бу мехнаткаш аеллар баклашкаларни кулларида кутариб юришади. Минг Рахмат шу аелларга!

  2. Anonim

    11:43, 21.10.2022

    Эшакларга киргин келиб суйилиб кетганидан сунг аёллар замонавирок услубга утибдиларда .

  3. Anonim

    06:52, 19.10.2022

    Халол риск топадиганларга оллохнинг рахмати булсин.

  4. Anonim

    00:11, 19.10.2022

    Сахарда туриб,сигирларини согиб,сутларини домда турайдигонларга сотиб уйга кайтяптилар

  5. Anonim

    00:09, 18.10.2022

    Зўр, меҳнаткаш ва заҳматкаш хотин-қизларимиз, эрта туриб, қанча ишларни битириб келишмоқда уйларига, яшанглар…

  6. Anonim

    00:08, 17.10.2022

    Ох красавицы , молодцы.

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.