Texnologiyalar

Apple kompaniyasi nega ko‘proq iPhone 14 ishlab chiqarmoqchi emas?

photo 758

Loading

Apple kompaniyasi talab pastligi sabab, iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi, – deya xabar bermoqda “Bloomberg” agentligi.

Qayd etilishicha, kompaniya butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarni 2022-yilning II yarmidan keyin iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni 6 000 000 donaga ko‘paytirmaslik haqida ogohlantirgan. Yil oxirigacha kompaniya 90 000 000 dona qurilmani chiqarish niyatida, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan deyarli bir xil.

Maʻlumotlarga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida iPhone 14 sotuvga chiqarilganidan keyingi dastlabki 3 kun ichida o‘tgan yilgi iPhone 13 dan 11% ga kam xarid qilingan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, jahon smartfon bozori joriy yilda 6,5% ga qisqarib, 1,27 milliard donani tashkil etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Apple kompaniyasi iPhone 14 smartfonini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo’yish haqida qaror qabul qilgan edi. Hindiston davlati Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

1976-yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, Macbook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.