Texnologiyalar
Apple kompaniyasi nega ko‘proq iPhone 14 ishlab chiqarmoqchi emas?
Apple kompaniyasi talab pastligi sabab, iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi, – deya xabar bermoqda “Bloomberg” agentligi.
Qayd etilishicha, kompaniya butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarni 2022-yilning II yarmidan keyin iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni 6 000 000 donaga ko‘paytirmaslik haqida ogohlantirgan. Yil oxirigacha kompaniya 90 000 000 dona qurilmani chiqarish niyatida, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan deyarli bir xil.
Maʻlumotlarga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida iPhone 14 sotuvga chiqarilganidan keyingi dastlabki 3 kun ichida o‘tgan yilgi iPhone 13 dan 11% ga kam xarid qilingan.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, jahon smartfon bozori joriy yilda 6,5% ga qisqarib, 1,27 milliard donani tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Apple kompaniyasi iPhone 14 smartfonini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo’yish haqida qaror qabul qilgan edi. Hindiston davlati Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.
1976-yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, Macbook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


