Islom

Sizning qancha vaqtingiz ibodatda o‘tmoqda?

photo 759

Loading

Vaqtga e’tiborli bulish muhimligi bayon etilar ekan, haqiqiy musulmon kishining o‘rtacha 75 yillik umrini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsa, asosiy vaqt nimalarga sarflanishi yaqqol namoyon bo‘ladi:

1. 15 yil atrofidagi vaqt bolalik va o‘smirlik bilan o‘tadi;
2. Qolgan oltmish yilda agar bir sutkada sakkiz soatdan uxlasa, 20 yil umr uyqu bilan o‘tadi;
3. Agar bir sutkada sakkiz soat kasb-kor bilan mashg‘ul bo‘lsa, 20 yil umr ishlashga sarflangan bo‘ladi;
4. Agar bir sutkada uch mahal ovqatlansa, har ovqatlanishiga yarim soatdan vaqt sarflasa, 3 yil, 9 oy umr ovqatlanishga ketadi;
5. Qolgan 16 yil umr ibodat, oila va shu kabi hammaning o‘zi yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotlariga sarflanadi.

Har bir musulmon kishi o‘tayotgan kunida qancha farz va vojib, sunnatu mustahab amallarni, ota-ona, qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shni, yurt-vatan haqlarini va shariat talab qilgan boshqa amallarni niyat bilan bajarayotganini har doim sarhisob qilib borishi lozim. Zero, o‘tayotgan har bir vaqt hisob-kitoblidir.

Foydalanilgan adabiyot: “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.